Xorazm music.

Sherlar.Nargizani ijodinnon.

Bu sahifada.

Charosoy
Hamid (hazars2004 )
Zafar
Nargiza
Hilola Nasriddinova
Sherzod



Rambler's Top100

Ina asa.

Diyri dushmanihgam go´rgazmasin hech
Sevgan yorni boshqa bilan to´yini
Go´zzing gulib durar,yuraking yig´lab
To´y amas mundin to´y,to´y-to´y o´yini

Sevgan yoring sani rosdanam sevsa
Har hil o´yinlara bo´yin bo´larmi
Kima na yomonliq atvadim ahir
Hudoyim,shundinam o´yin bo´lami?


ina yana

Mayli-da,kimgadir
Yoqsa,
Yoqmasa,
Ularga qo´shilib
Yig´lasharmidik.
Biz bahtli bo´lamiz
Hudo hohlasa,
Hudo hohlamasa
Uchrasharmidik...

Rayhon hidlaringni
Yo´llarimga sep,
Kut meni
Har oqshom,
Ko´kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig´lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing-
Onang seni
Chiroyli tuqqan!...

Menga
Bir tabbasum
Hadya et,ey yor,
Nur tomsin
Lablaring
Sohillaridan.
O´zin ayt,
Senday qiz
Yana qayda bor,
Kipriklari uzun
Kokillaridan?..

Iymanib yashama
Hayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan ,ahir,
Yorug´ olamda.

Men esa
Oshig´ing sening-
Eng g´arib .
Tundan so´z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yoningda ham
Seni ahtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.

Ista,
Tiz cho´kaman
Hozir oldingda,
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..

Biz bahtli bo´lamiz
Hudo hohlasa,
Hudo hohlamasa,
Uchrasharmidik?!
Muhammad Yusuf.



ina yahshi ,hatardan qolmagin,imtihon dab

Million yilda meni yaratdi hayot
Meni so´rab qator tog´lar cho´kdi tiz
Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot
Axir men bittaman yagona yolg´iz

Bug´lanib qaytadan to´kiladi suv
Quyoshdan ishorat, ko´z yorar ildiz,
Men axir ularga o´xshamaymanku
Axir men bittaman, yagona yolg´iz

har elat o´zicha atar shamolni
Mingta ism bilan yashaydi yulduz
Sen qaydan topasan boshqa iqbolni
Axir men bittaman yagona yolg´iz

Nafasim g´animat, so´zim g´animat
Fojia poyimdan uzilgan har iz
Mening nigohlarim eng ezgu ne´mat
Axir men bittaman yagona yolg´iz

Yaratganga borib aytaman seni
O´zi hukm etsin odil va xolis
Men qaytib kelmayman tushunyapsanmi?
Axir men bittaman yagona yolg´iz.....

Iqbol Mirzo


Toґylarni hammadan ham,
Oy qizlar xush koґrarmish.
Zafar yomon qizla na? :)

SIR

Shamoldek beqaror shoir sevgisi,
Uning bor davlati - savlati.
Sog´inchdan yoqar-u rayhonlar isi,
Meni tanlaganing g´alati...

Na bir shirin kalom ming zahmatingga,
Na bir salomingga alik oladi.
Muhabbating nima Muhammadingga?..
Qalamni quchoqlab uxlab qoladi.

Qasri shuhrat aro qon yig´lar yurak,
Ko´ksingda nimadir g´ijjak chaladi.
Unga she´r kerakdir,
Senga er kerak.
Koshki tushunsa u valadi...

U so´z kutar, uni sen kutib oylab,
Bir umr yo´l qarab ko´zing toladi.
Sevgilim, farishtam... tentagim, yo rab,
Baxtingni yarmini she´rim taladi!..

Gunohing ne edi, ey mungliq dilbar,
Seni tanlaganim g´alati...
Asl shoir asli uylanmay o´tar,
Uylansa ham ko´rmay xotin oladi.

Muhammad Yusuf


 

About | Site Map | Contact Us | ©2004 Masharipov Sherzod


Хостинг от uCoz