Xorazm music.

Sherlar. Hamdini ijodinnon.

Bu sahifada.

Charosoy
Hamid (hazars2004 )
Zafar
Nargiza
Hilola Nasriddinova
Sherzod



Rambler's Top100

Hamid (hazars2004 )

Esingdami, Sen tug?ilgan on,
Barcha shodon edi, sen eding giryon?
Shunday yashagilki, ketar chog?ingda
Barcha giryon qolsin, Sen ketgil shodon.
Jomiy.


Taqdirning o'yinin kim bilibdi, kim
Qarab turibsan boshing egib jim
Endi biz begona, begonalarmiz
Sen mening armonim, birinchi sevgim

Jonimni poyingda judolar qildim
Yolvorib Hudoga nidolar qildim
Mayliga, bahtli bo'l, duolar qildim
Sen mening armonim, birinchi sevgim

Yulduzsan siringni ocha olmadim
Armonsan, bir to'yib qucha olmadim
Kechdim deb, ketdim deb, eta olmadim
Sen mening armonim, birinchi sevgim

Egildim, to'kildim qiynoqlaringdan
Jimgina yig'ladim firoqlaringdan
Jimgina,
Jiiiimgina, yig'ladim firoqlaringdan
Sen mening armonim, birinchi sevgim



she´ri odi manimcha "Apka" :) :) :)

Mohlardanam hushro´ysiz,
Apka siza yomon keyipim getadi.
Donig´an bilgana obro´ysiz,
Apka siza yomon keyipim getadi.

Bezatilgan qurjaqsiz,
Go´zi tushganni yurakinnan urjaqsiz,
Mincha oshiqni nera sig´ishtrib qo´yjaqsiz ?
Apka siza yomon keyipim getadi.

Durishingiza sira gap yo´q,
To´rt muchangiz o´zina dim do´q,
Go´rsam bo´ldi, yurak bashlidi, lo´q-lo´q,
Apka siza yomon keyipim getadi.

Yoshing kichchi, yo´qalsanga, get damang,
Kichchini sevgisi agri bo´lami ?
Ayting ahir, mani sizsiz ko´ngilim hecham do´lami ?
Apka siza yomon keyipim getadi.

Savmasangiz qovjirayin, so´layin,
Cho´rim bo´ling, qulvachchangiz bo´layin,
Ho´p dasangiz jayhun kabi jo´shayin,
Apka siza yomon keyipim getadi.

Ay yor, do´st, she´ri o´qi, ichi g´ij-g´ij ma´no qu !
Hayron qalma, bina shoir, bina balo bu ?
Galavar, manzilimiz xorazm22.narod.ru,
Maning shu apkama yomon keyipim getadi.


Eng gullagan Yoshlik chog'imda

Eng gullagan Yoshlik chog'imda
Sen ochilding ko'mgil bog'imda
Shunda ko'zlim ko'rdi bahorni
Shunda ko'nglim tanidi yorni

Qushlar sayrar jonimga payvast
Men sevgining bo'yi bilan mast
Kuni bilan dalada qoldim
Lolazorlar ichra yo'qoldim

Quchoq-quchoq gullar terganim
Va keltirib senga berganim
Kechagiday hamon esimda
Har soniya har on esimda

Shundan beri tilimda oting
Shundan beri dilimda oting
Eng gullagan yoshlik chog'imda
Sen ochilding ko'ngil bo'g'imda.

Xayollarim yetmas sizga,
Bog'i xazon g'uncha o'zim.
Sog'inganim bildirolmam,
Aytolmayman,singan so'zim.
Yo'lllaringiz poylab-poylab,
Sarg'aygandir qaro ko'zim.
Bahor yanglig' dilingizga,
Mehmon bo'lgan sabo o'zim


Ortiq Otajonov ( Bahtli bo´l )

Birga bo´lsak kunlar keng tunlar tor edi,
Birga bo´lsak iqbol ham bizga yor edi,
Jonim ichra jon bilib seni sevardim,
Ahir sening ham ko´ngling menda bor edi.
Bizni bizdan ayirdi tagdirning sho´ri,
Har go´sha chirog´isan ko´zimning nuri,
Ikkimzni cho´lgadi alamlar to´ri,
Ahir sening ham ko´ngling menda bor edi,
Mani bu g´arib ko´nglim senga zor edi.


Tushlaringdan otilib chiqqan ohingman,
Hayol sursang yo´l ko´rgan zor nigohingman,
Savoblaring ko´p bo´ldi bir gunohingman,
Ahir sening ham ko´ngling menda bor edi,
Mani bu g´arib ko´nglim senga zor edi.

Qiynalmagin sevgilim yonma fig´onda,
Ikkimizga o´rin yo´q bu keng jahonda,
Nihoya ham yo´q ekan bizning armonda,
Ahir sening ham ko´ngling menda bor edi,
Mani bu g´arib ko´nglim senga zor edi.

Tunlar haqqa yolvordim bahtli bo´lgin sen,
Mayli o´zga yor bilan ahtli bo´lgin sen,
Ishq qasrida tuproqman tahtli bo´lgin sen,
Ahir sening ham ko´ngling menda bor edi,
Mani bu g´arib ko´nglim senga zor edi.


Og´abek (ashullasi)

Yolg´iz orzuyim uchib uzoq-uzoq
ketdimu,
Baht degani mendan qochib yiroq-yiroq ketdimu.

Girfdor etdi bir umr olov otasha,
Hudoyim,
Tagdirima yozmay seni qildi tomosha, Hudoyim
Yetirganda na bo´ldi san qalamqosha Hudoyim,
Hudoyimaaaay,

Yolg´iz orzuyim uchib uzoq-uzoq
ketdimu,
Baht degani mendan qochib yiroq-yiroq ketdimu.


Ishonmanglar desalar gar, yigit kishi
yig´lamas
Ko´z yoshlarim daryo bugun, bir lahzaga to´htamas,
Hyotimni mazmuni yo´q janonsiz
bir nafas,
Hudoyimaaaay,

Yolg´iz orzuyim uchib uzoq-uzoq
ketdimu,
Baht degani mendan qochib yiro-yiroq
ketdimu.

To´ylaringiz ko´rib erkam, men turibman hor bo´lib,
Gul ko´rinar tikan bo´lib, bulbul esa zog´
bo´lib.
Umidlar im hayol bo´lib, armon bo´lib, dog´ bo´lib

Yolg´iz orzuyim uchib, uzoq-uzoq
ketdimu,
Baht degani mendan qochib yiro-yiroq
ketdimu.

Shoyadki bu tushim bo´lg´ay, meni uyg´otmang do´stlar,
Bahting topib ketarsan deb, meni yupatmang do´stlar,
Hayirlashsam hayot bilan, meni kuzatmang do´stlar,
Hudoyimaayyy,

Yolg´iz orzuyim uchib uzoq-uzoq
ketdimu,
Baht degani mendan qochib yiro-yiroq
ketdimu.


Yolg´iz orzuyim uchib uzoq-uzoq ketdimu,
Baht degani mendan qochib yiroq-yiroq ketdimu.

Girfdor etdi bir umr olov otasha, Hudoyim,
Tagdirima yozmay seni qildi tomosha, Hudoyim
Yetirganda na bo´ldi san qalamqosha Hudoyim,

Yolg´iz orzuyim uchib uzoq-uzoq ketdimu,
Baht degani mendan qochib yiroq-yiroq ketdimu.


Ishonmanglar desalar gar, yigit kishi yig´lamas
Ko´z yoshlarim daryo bugun, bir lahzaga to´htamas,
Hyotimni mazmuni yo´q janonsiz bir nafas,

Yolg´iz orzuyim uchib uzoq-uzoq ketdimu,
Baht degani mendan qochib yiro-yiroq ketdimu.

To´ylaringiz ko´rib erkam, men turibman hor bo´lib,
Gul ko´rinar tikan bo´lib, bulbul esa zog´ bo´lib.
Umidlar im hayol bo´lib, armon bo´lib, dog´ bo´lib

Yolg´iz orzuyim uchib, uzoq-uzoq ketdimu,
Baht degani mendan qochib yiro-yiroq ketdimu.

Shoyadki bu tushim bo´lg´ay, meni uyg´otmang do´stlar,
Bahting topib ketarsan deb, meni yupatmang do´stlar,
Hayirlashsam hayot bilan, meni kuzatmang do´stlar,

Yolg´iz orzuyim uchib uzoq-uzoq ketdimu,
Baht degani mendan qochib yiro-yiroq ketdimu.


Xayollarim yetmas sizga,
Bog'i xazon g'uncha o'zim.
Sog'inganim bildirolmam,
Aytolmayman,singan so'zim.
Yo'lllaringiz poylab-poylab,
Sarg'aygandir qaro ko'zim.
Bahor yanglig' dilingizga,
Mehmon bo'lgan sabo o'zim


Usmon Azim

Yorijon

Umrimni bir olis ishqqa almashdim,
Qochdim hushyorlikdan, tushga almashdim,
Beqanot qalbimni qushga almashdim -
Sizsiz o´tgan umrim bekor, yorijon!
Ne baxtkim, yuragim bemor, yorijon!

Ul ko´zda qay kuni porladi ziyo,
Dunyodan kechgulik topdim bir dunyo.
Bu dunyo nimadur? Bu dunyo - ro´yo -
Faqat pok ishqingiz haqdir, yorijon,
Qalbimga eng yuksak taxtdir, yorijon.

Garchi o´rtamizda sog´inchu hijron,
Garchi visol yo´li vayrondir, vayron,
Ammo azobingiz ko´ksimda har on -
Muqaddas olovday qoldi, yorijon,
Shukurkim, siz bilan yondim, yorijon.

Yashardim o´zimga muz kabi boqib,
Ishq keldi, jo´nadim, daryoday oqib,
Menga habib bo´ldi hatto shum raqib -
Ko´rib - to´lqin-to´lqin qonim, yorijon,
Siz mening jonimsiz, jonim, yorijon.

Hech qachon demasman boshni yo´qotdim,
Eridim, vujuddan toshni yo´qotdim.
Yillarni yo´qotdim - yoshni yo´qotdim,
Mendan ayro tushdi yolg´on, yorijon,
Shundanmi tillarim ravon, yorijon.

Nodon der "Sen borni yo´qqa almashding,
Quyoshni bir g´arib cho´qqa almashding..."
Kulaman: "Xalqobni ko´kka almashdim..."
Endi yurar yo´lim falak, yorijon,
Qanotga aylandi yurak, yorijon!


Butun kecha o´ychan va sokin,
Xona ichra qolmishdik tanho.
Bir o´ychanlik ruhimga hokim,
Shunday hokim ruhimga sen ham.

Ohang oqar, devorda suvrat:
Moviy dengiz ustida kema.
Tanholigu o´rtada hurmat
Va sevgiga o´xshash bir nima.

Men o´ylayman: "Nedan boshlay gap?"
Sen o´ylaysan: "Ne qilay javob?"
Na kuladi, na yig´laydi qalb,
Qarashlarga yaxlagan sarob.

Butun kecha o´ychan va sokin,
Xona ichra qolmishdik tanho.
Men demadim: "Sevaman seni",
"Sevolmayman",- demading sen ham
__________________________________________________________

Seni unutganman

Shafaqqa ingansan sayyor qush kabi,
Go´yo tuproq bo´ldi yo´qotgan tangam.
Seni eslash mumkin bir tovush kabi,
Seni unutganman. Unutganman.

Biz suygan majnuntol kesilib ketgan,
Keyin o´tin bo´lgan, keyin alanga.
Kesilgan yurakning yarasi bitgan,
Seni unutganman. Unutganman.

Esimdan chiqibdi hatto ko´zlaring,
Qo´llaring...
Men o´zga qo´lni tutganman.
Kechir og´ir botsa yengil so´zlarim,
Seni unutganman. Unutganman.

Muhabbat...
Kimningdir oshig´i olchi,
Oshiq bo´lib xolos, zaqqum yutganman,
Qaylardadir qolib ketdi ro´molchang,
Seni unutganman. Unutganman.

Goho dilni ezar tiriklik yuki,
Goho to´yganimda bu laziz jondan.
Gohida... Bir nafas... Faqat... Holbuki,
Seni unutganman. Unutganman. Unutganman...


O'ZIM BILAMAN

Qulog'imda yangrar doim bir nido,
Xo'rsinaman,ko'z yoshimni silaman.
Shu nidoga ne sababdan jon fido
Bitta o'zim bilaman.

Yuragimda yonar bir o't betutun,
Go'yoki der: qovuraman,tilaman.
Dosh beraman nechun hanuz men beun
Bitta o'zim bilaman.

Oylar botar,tonglar otar,umr o'tar,
Olislarni ko'zlab- ko'zlab jilaman.
Mening qalbim kimni kutar,qon yutar ?
Bitta o'zim bilaman.

Kelurmikan ko'klam yanglig' kutganim,
Umidvorman,ishonmay ne qilaman?
Qachon kelur,qandoq u ko'z tutganim
Bitta o'zim bilaman.


Ko´zlaring bunchalar chiroyli erkam
Hafa bo´lganingda ham Kulganingda ham
Asir eta olar munchoq ko´zlaring
Nochor yosh to´kib so´nib tursa ham

Bo´ron sovutsa ham tufon tusa ham
Nigohing isitar muz badanimni
Kul qila oladi nursiz chog´i ham
Tim qora zimiston oshiq qalbimni

Shunchalar yoqimli ular men uchun
O´ylayman tinmasdan hayrona bo´lib
Qaydan buncha kuch buncha ehtiros
O´pib quchgim kelar ularni suyib

Erkalab ko´zlaring labimla jonim
G´amlardan firoqdan ozod bo´lardim
Va his qilibon oramizdagi
"Sevgi"ni.. ko´zlaringdan o´qirdim


Sevgim haqida so´ra

Olis yulduzlarga zimdan nazar sol
So´ngsiz kechalarning hazin bag´rida,
Oyning shu´lalarin hovuchingga ol
Va ulardan so´ra sevgim haqida.

Namli kipriklarim ustiga qo´ngan
Kamalakning rangin sochlarin tara,
Shabnam bo´lib qonli ko´z yoshim tomgan
Chamanlardan sevgim haqida so´ra.

Ma´yus ko´zlarimning qaroqlarida
Majnun muhabbatning tug´yonini ko´r,
Sermavj dengizlarning qirg´oqlarida
To´lqinlardan sevgim to´g´risida so´r.

Vasling firoqida jon berar bo´lsam
Sovuq lablarimga lablaringni sur,
Hayotga qaytarman sen uchun bir dam
O´limdan sevgimning qudratini so´r.


Ikki tomchi yosh
Entikib kutganda, sabrim bitganda,
Sog`inchlarim osmon bo`lib etganda,
Vujudim olovdek yonib ketganda,
Ko`zimdan mo`ralar ikki tomchi yosh.

Seni uzoq kutdim sadoqat saqlab,
Har tong otishidan qorayguncha qosh.
Pok muhabbatimni asrab-ardoqlab,
Ko`zimdan oqardi ikki tomchi yosh.

Sening hayolingda o`tdi kunlarim,
Seni tushlarida ko`rdi tunlarim,
Dunyodan qolmadi aslo sirlarim,
Fosh etdi barini ikki tomchi yosh.


Kelmading, bevafo, kutdim kelmading,
Borlig`im hajringda kuydi, bilmading.
Endi bilsam ekan, bag`ring seni tosh,
Eritolmas hatto ikki tomchi yosh.

Bu og`ir sinovda sinib qolmasman,
Hammasini engar mushtdek yuragim.
Ammo suratingga ko`zim tushganda,
Yaram og`rig`iga chiday olmasdan
Yuzlarimni silar ikki tomchi yosh,
Seni yodga solar bu achchiq ko`zyosh...


 

About | Site Map | Contact Us | ©2004 Masharipov Sherzod


Хостинг от uCoz