Xorazm music.

Sherlar. Charosoyni ijodinnon.

Bu sahifada.

Charosoy
Hamid (hazars2004 )
Zafar
Nargiza
Hilola Nasriddinova
Sherzod



Rambler's Top100

Xayollarim yetmas sizga,
Bog'i xazon g'uncha o'zim.
Sog'inganim bildirolmam,
Aytolmayman,singan so'zim.
Yo'lllaringiz poylab-poylab,
Sarg'aygandir qaro ko'zim.
Bahor yanglig' dilingizga,
Mehmon bo'lgan sabo o'zim


Bor vujudim qon yig`ladi bag`rim tilib,
Bu kun sendan ayro tushganligim sezib.
Jovdiragan ko`zlarimga yoshlar to`lib
Endi sendan ketmoqdaman ko'nglim uzib.

Taqdir degan sudradi o`ng so`llarida,
Tentiradim majnun misol cho`llarida.
Rozi edim o'lsam sening qo'llaringda,
Xayr endi deyolmagan so'zim qoldi.

Ketmoqdaman yuragingdan boshim egib,
Quvonch ko`rmay sening qora ko'zlaringda.
Xijroningdan yaproq kabi men uzilib,
Ado bo'ldim kutaverib yo'llaringda.

Dardlaim ham daryo bo'ldi to'lib-to'lib,
Kechalari oy ham boqar mayus bo'lib.
Sevgidan ekkan g'unchamiz ochilmay so'lib,
Yo'llaringga jovdiragan ko'zim qoldi,
Sevdim deya aytolmagan so'zim qoldi.


Ko'z oldimdan ketmas sening gulishlaring,
Sensan deya sirli boqib durishlaring.
Muhabbatning armonidan ezilib oh urishlaring,
Nechun avval bilmagandim,jonim meni sevishlaring?.

Ko'zlaringga boqsam nogoh,hur taralar ko'zlaringdan,
Oshiq qalbning shirin kuyin sasi kelar so'zlaringdan.
Axir men ham sevgan edim,bilmadingmi ko'zlarimdan?,
Nechun avval aytmaganding jopnim meni sevishlaring?.

To'lg'onaman kechalari uyqu kelmas ko'zimga,
So'ylay desam dardlarimni,ma'no yo'qdir so'zimda.
Sensiz olam qorong'udir,tordir dunyo ko'zimga,
Kechir jonim bilmagandim mensiz nechog kuyishlaring.
Soginchlardan zor-zor yiglab meni chindan sevishlaring.


Yonib turgan mehr, to'la ko'zlaringga qonmas edim,
Oshiq darding oshkor etgan so'zlaringga yonmas edim.
Ammo sening sevging ila yashashimdan tolmas edim.
Avf et jonim oshanda men sevgingga ishonmas edim.
Bilganimda seni bunday ahvollarga solmas edim.


Nahot meni hiyla, nayrang asiri deb o'ylading,
Orzu, tilak o'tkinchi deb,armon bilan siylading.
Qalbim toptab,vayron etib,nega meni qiynading,
Ketgin endi yuragimdan ortiq senga zormasman.
Sen tomonga yo'lim tushmas,yalinsangam bormasman.

Bo'ldi yetar ortga qaytma,qoldirgin meni yolg'iz,
Sevgisidan judo bo'lgan men yuzlari qaro qiz.
Sevgingni ham olib ketgin yuragimda qolmasin iz
Ketgin endi,bo'ldi yetar,ortiq seni sevmasman.
Yo'llarimdan chiqib qolsang also senga boqmasman.


Balki mening muhabbatim sening uchun o'yindir,
Ammo bilsang bevafolik mening uchun o'limdir.
Suymasamda taqdir meni o'zga yorga uzatsin,
O'zga uyga yangalarim,yor-yor aytib kuzatsin.
O'shanda ham suratingni ko'zlarimga surtaman.
Bu dunyodan seni o'ylab va seni deb o'taman

Tinch qo'y meni bevafo,
Endi seni sevmayman.
Yaramga yo'qdir davo,
Endi seni sevmayman.

Yuragimni parchalab,
Unutaman barini,
Ketvoraman boshqalab,
Endi seni sevmayman.

Bo'ldi ismim tutmagin,
Eshitmaydi qulog'im.
Men tomondan o'tmagin,
Endi seni sevmayman.


Dardlarim dilim yoqqanda,
Dushmanim kulib boqqanda.
Suymaganim eshik qoqqanda,
Yorijon seni qumsadim.

Menga yo'qdir sendek sirdosh,
Bo'lmagin jonim bag'ritosh.
Seni qumsab ko'zimda yosh,
Yorijon seni qumsadim.

Gapirsam tilim so'z demas,
Yuragim o'zgani demas,
Sensiz dunyo,dunyo emas,
Yorijon seni qumsadim.

Bo'ldi qilgil arazingni,
Kelgin eshitgil dardimni.
Olib qochma orazingni,
Yorijon seni qumsadim.


Muhabbat qahvasin ichgandan bari,
Ruhim ko'chdi olamdan nari.
Go'rgim galar go'rganim sari,
Holim bilib nichuk galmading?.

Ishqing bilan yashasam gunohim nima?.
Bir so'z kelmas tilimga,kelmas kalima
Ne desang de faqatgina sevmayman dema,
Mayli agar savmasang galmasang galma.


Ey kongil, sevgining hijronlaridan,
Manglayga bitilgan armonlaridan.
Taqdirning beayov farmonlaridan,
Sen hamon yiglarsan, men yiglab boldim.

Bu bir kam dunyoda kimning kami yoq?
Bu bir kam dunyoda kimning gami yoq?
Bu bir kam dunyoda dil malhami yoq,
Sen hamon izlarsan, men izlab boldim.

Endi rashk otashi bagrimni yoqmas,
Endi visol menga qayrilib boqmas.
Hatto hijron kelib eshigim qoqmas,
Sen hamon kutarsan, men kutib boldim.

Karvonlar ortidan yol qolgusidir,
Sahroyi bahordan chol qolgusidir.
Behuda yongandan kul qolgusidir,
Sen hamon yonursan, men yonib boldim.

Choqqilar chokmagay - qor ketgan bilan,
Ilk sevgi ketmagay yor ketgan bilan.
Dardlaring tugamas soz chertgan bilan,
Sen hamon kuylarsan, men kuylab boldim.

Quyoshdan ayrilib yiglamas kozim,
Bulutlar tossa-da oyu yulduzim.
Ranglarga zor buldi kecha-kunduzim,
Sen hamon bozlarsan, men bozlab boldim.

Parvarish yetmadi ishk niholiga,
Xazondek tokildim kuz shamoliga.
Ey kongil, to hanuz Charos holiga,
Sen hamon kularsan, men kulib boldim.


Endi baxtli bolarmikanmiz,
Dilda yana qaygular, gamlar.
Endi baxtga kechikkandaymiz,
Songandayin biz yoqqan shamlar?

Biz deb kuygan fasllar otdi,
Otdi bizni opgan sabolar.
Tark etganday ishq shivirlari,
Dilda tagin gamgin navolar.

Bir paytlar ey oshiq yigit
Aytar eding: Hayotimga kir!
Oldda meni kutyapti baxt deb,
Seni tashlab ketgandim kechir!

Juda baxtli bolgim kelyapti,
Kozimdan yosh quyilar kulsam.
Nima gunoh axir menda ham,
Saroblarga ishongan bolsam.

Bugun shundoq bir garib holman,
Yurak tola qayguday, ohday.
Ne qilarim bilmayin lolman,
Oltinlari mis chiqqan shohday.


Maysa bolib kelsam dunyoga,
Bolarmidim balki baxtliroq.
Xudoyimning bandalargamas,
Yalpizlarga shafqati koproq.

Daraxt bolib kelsam dunyoga,
Yaproqlarda yashardi sirim.
Daraxt bolsam gunoh ichramas,
Ibodatda otardi umrim.

Men na maysa, na daraxt boldim,
Qaygularga oraldi satrim,
Odam bolib yasholmayapman,
Qachon tuproq bolaman tangrim?!


Zamin omon, qalb aylanar boqqa,
Agar ona qalbi tursa oyoqqa.
Qalbimni titratar shodlik,hayajon,
Men seni o'ylayman onajon


Onamsan qalbimni mehringga to'ldir,
G'arib farzandingga shuldir inoyat,
Munosib shoirang bo'lish mushkuldir,
Senga sher bitmaslik esa jinoyat!!


Sevdim deding,sevaman dedim,
Bo'ylaringga guldek yarashdim.
Yoshligimning yozidagi sho'x,
Seni xatolarga almashdim.

Kiprigimdek to'kilding, ketding,
Ko'nglim bilan birga yig'lashdim.
Dutorimning torida kuylab,
Kuygan navolarga almashdim.

Topganim sen,yo'qotganim sen,
Jonimga jon deya talashdim.
Oydan oils,kundan yolg'izim,
Seni samolarga almashdim.

Kuz barglari kabi to'kilding, ketding,
Xazonlar bilan birga yig'lashdim,
Bargidan ayro daraxtdek yiglab,
So'ngan sabolarga almashdim.

Yonganim sen,kuyganim ham sen ,
Sevgim otashin kuliga almashdim.
Tabiatning hukmidan nolib,
So'lgan bahor guliga almashdim.


Qish qorlari kibi eriding,ketding
Bahor yomg'irila birga yig'lashdim.
Kamalakning jilosidek mehmon
Sevgim armonlarga almashdim


KEL KO`R MANI ISHQ NAYLADI(Yunus Emro)

Man yururman yona-yona,
Ishq bo`yadi mani qona,
Na oqilman, na devona,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Goh esarman yellar kabi,
Goh to`zarman yerlar kabi,
Goh oqarman sellar kabi,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Oqar suvlardek oqarman,
Dardli yuragim yoqarman.
Yorimni o`ylab yig`larman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Yo qo`lim ol qoldir mani
Yo vaslingga qondir mani
Ko`p yig`latding, kuldir mani
Kel, ko`r mani ishq nayladi.

Man yururman eldan elga,
Do`st so`rarman tildan tilga.
G`urbatda holim kim bilar,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Majnun bo`lubon yururman,
U yorni tushda ko`rurman.
Uyg`onib malul bo`lurman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Rangim sariq, ko`zlarim yosh,
Bag`rim pora, jigarim tosh.
Holim bilgan dardli qardosh,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Ishqing mani mast ayladi,
Oldi ko`nglum, xast ayladi.
O`ldirmakka qasd ayladi,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi.

Miskin Yunus bechoraman,
Boshdin oyog`i yoraman,
Do`st ko`yida ovoraman,
Kel, ko`r, mani ishq nayladi


MEN BIR AJIB HOLDA KELDIM (Yunus Emro) uzr tepadagi sher ham shu shoirdan edi.

Men bir ajib holda keldim,
Kimsa holim bilmas mening.
Men soylayman, men tinglayman
Kimsa tilim bilmas mening.

Mening tilim qush tilidur,
Mening qolim Dost qolidur,
Men bulbulman, Dost gulimdur,
Biling, gulim solmas mening.

Ul Dost menga kelsin demish,
Sundim qadah, olsin demish,
Oldim qadah ichdim sharob,
Endi konglim olmas mening.

Ne Turim bor, ne turorim,
Hech yerda yoqdir qarorim,
Haqqa munojot qilmoqqa
Tayin yerim bolmas mening.

Sor, turganim yerni mendan,
Korsaturman, kelsang, senga.
Bir zarracha hakdan ayru
Kozim hech ne kormas mening.

Tur togida bir tajalliy
Boq, Musoni nelar qildi!
Yunus aytar: Haq nazdida
Sozim yerda qolmas mening!..


Bu dunyoda men bir yo`lovchi,
Shodon menga qo`l silki, erkam.
Xuddi shunday tinch, erkalovchi
Ziyo to`kar kuz fasli oy ham.

Isinarman oyning taftiga,
Ilk bor undan orom olar jon.
Allaqachon sungan sevgiga
Umid bog`lab yashayman hamon.

Bunga bois shu makonimiz
Shu yer oppoq, sho`r manglay turbat,
Qaylardadir toptalgan nomus,
Kimlardadir qadrdon g`urbat.

Yashirmayman, har kim ham bilar:
Boshqa-boshqa emas, jon singil,
Ikkimiz ham bir sevgi bilan
Shu vatanga qo`yganmiz ko`ngil.


Havo toza, musaffo, zangor,
Gulzor bo`ldi menga saylgoh.
Ufqlarga yo`l olgan sayyoh,
Yetolmaysan manzilga zinhor,
Havo toza, musaffo, zangor.

Dalalardan o`tasan tanho,
Bog`lar senga ochadi quchoq.
Sen-chi, bo`lib gulga maxliyo,
Tikanlarga bosmagin oyoq,
Dalalardan o`tganda tanho.

Shitirlar, yo`q, shivirlar barglar,
Nafis, go`yo Sa'diy g`azali.
Ko`zlaringga ko`kning go`zali
Oltin oydan yoriladi zar.
Nafis go`yo Sa'diy g`azali.

Dil qo`shig`in bastalar pari,
Nay sasidek mayin, dilrabo.
Og`ushiga olsa ul barno,
Ketar dildan g`am, hijron nari,
Nay kuylaydi mayin, dilrabo.

Mana, uzoq kezib piyoda
Charchaganning ezgu matlabi:
Esar salqin, xushbuy shabboda,
Shimiradi qaqragan labim,
Esar salqin, xushbuy shabboda.

Yolgizginam, ming alplarga tenglikkinam,
Jon rishtasin joningizga boglab olay.
Dardimiz bir, dardalimga sherikkinam,
Kozingizni berib turing, yiglab olay.

Men boshimni urmagan bir tosh qolmadi,
Rostin aytsam, yuragimda dosh qolmadi.
Qurib qolgan kiprigimda yosh qolmadi,
Kozingizni berib turing, yiglab olay.

Uzun-uzun armonlarim chiqib ketsin,
Zardoblarim koz yosh bolib oqib ketsin.
Qalbimga bir qizgaldoqlar boqib ketsin,
Kozingizni berib turing, yiglab olay.

Men shabnamman, guborlarga qonolmayman,
Yo gul bolib tosh yurakda onolmayman.
Konolmayman, bu dardlarga konolmayman,
Kozingizni berib turing, yiglab olay.

Quzgunlarning qiligidan zorim keldi,
Tog qalbimga nafrat degan orim keldi,
Ozim bolib yiglolmayman, orim keldi,
Keling, Sizning kozingizda yiglab olay,
Jon rishtasin ko´nglingizga boglab olay.


Yulduzlari ichikib qoldi,
Mahzun endi Oysiz osmonim.
Sensizlikka konikib boldim,
Qanday ekan mensizlik, aytchi?!

Ana, kozim kozingdan otdi,
Qoy, yashirma titroqlaringni,
Xato qilding, ozingdan otdi,
Tishlayapsan barmoqlaringni.

Endi nurga begona yuzing,
Quyoshingning ranglari qani?
Sigmayapsan ozingga ozing,
Hayotingning tonglari qani?

Yuragingning yarmi yoq endi,
Mening bilan butun ekansan.
Kech tushunding. Dimoging sindi,
Yongan gamga otin ekansan.

Kechalaring ozingdan garib,
Armonlaring osmondan katta.
Yuragingga termilib turib,
Yiglayapsan birinchi marta.

Uxlab qolgan tunlarning haqqi,
Mening ornim boshqa bolakman.
Yiglab qolgan tunlarning haggi,
Men, bari bir, senga kerakman!


Bu dunyo - ruhimning azobi,
Ezgulik umrimning savobi,
Qoy, endi yiglama kongiljon,
Bor, axir, barchasin hisobi.
Qolni ber, pok joyga ketamiz,
Yomoni yoq joyga ketamiz.

Kozlarim qadalgan samoga,
Tashnaman bir hovuch ziyoga.
Charchadim zaharli sozlardan,
Yur, endi giybatu igvoning
Makoni yoq joyga ketamiz,
Yomoni yoq joyga ketamiz.

Chopamiz quyoshning izidan,
Opamiz gullarning yuzidan.
Qizarib, bir shirin tuygular,
Topamiz lolaning kozidan.
Armoni yoq joyga ketamiz,
Yomoni yoq joyga ketamiz.

Kozimni sevinch ham yoshlasin,
Qolimni omad ham ushlasin.
Tishlarning izi bor koksimda,
Endi baxt labimni tishlasin.
Ziyoni yoq joyga ketamiz.
Yomoni yoq joyga ketamiz.

Yilt etgan ziyoga zor konglim,
Biz istar dunyolar bor, konglim.
Munisa Onamning kongli u,
U bizni kutyapti, yur, konglim,
Onamning kongliga ketamiz,
Mushfiqam ko´ngliga ketamiz.


Bor ekanda yo'q ekan
Bir malika bor ekan.
Shahzodasi uzoqda,
Yo'llariga zor ekan.
Ertak aytib chechaklar,
Yig'lashib ko'z ochdilar,
Arslonlar ham o'kirib,
To'qaylarga qochdilar.
Hay-hay o'lan,jon o'lan,
O'lanchiga aylandim.
Ishq ahlidan ishq so'rab,
Muhabbatga aylandim.
Kelin turar egib bosh,
Qabul aylang salomin,
Chorlang qo'shni qarindosh,
To'y bo'lguvchi sanamni.
Dalada toychoq kishnaydi,
Ot bo'ldim deb yor-yor.
Uyda kelin yig'laydi
Yod bo'ldim deb yor-yor.
Yig'lama qiz yig'lama,
To'y saniki yor-yor.
Ostonasi tillodan,
Uy saniki yor-yor.
Yor-yor aytmang yor-yor,
Qalbim tig'lar yor-yor.
O'lan aytmang yangalar,
Yurak yig'lar zor-zor.
Hay-hay o'lan,jon o'lan,
Kim sevmagan yor-yor.
Bir gul edim ko'z kuygan,
Qo'l tegmagan yor-yor.
Qomatiga qul bo'lgan,
Men uyuzlari qaro qiz.
G'am qolmadi dunyoda,
Men ko'rmagan yor-yor.
Men o'lanni dardini,
Totayapman onajon.
O'z ko'ksimga o'zim tosh,
Otayapman onajon.
Sevganimga baxt tilab,
Ko'hna dunyo ko'shkiga,
Qaytib chiqmas oy bo'lib,
Botayapman onajon.
Yor-yor aytmang yor-yor,
Qalbim tig'lar yor-yor.
O'lan aytmang yangalar,
Yurak yig'lar zor-zor.


About | Site Map | Contact Us | ©2004 Masharipov Sherzod


Хостинг от uCoz